Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Baymurzayev” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim X.Madraximova ishtirokida Kengashning 2026-yil 28-martdagi VII-29-20-10-136-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi. Kengash qarori bilan nogironligi bo‘lgan fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash, uy-joyini ta’mirlash va munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida xonadonni “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’mirlash belgilangan.

🔻O‘rganish davomida mazkur qaror ijrosi yuzasidan xonadonda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi. Xonadonning ichki va tashqi holati ko‘zdan kechirilib, belgilangan ishlar qay darajada bajarilgani, yaratilgan sharoitlar hamda ta’mirlash ishlarining natijadorligiga e’tibor qaratildi.

Xususan, uy-joyning devorlari bazalt materiali bilan izolyatsiyalangan. Mazkur ishlar xonadonda issiqlikni saqlash, sovuq fasllarda xona haroratini me’yorda ushlab turish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qilishi qayd etildi. Shuningdek, xonadonga energiyatejamkor deraza va eshiklar o‘rnatilgan. Eski konstruksiyalar o‘rniga zamonaviy va issiqlikni yaxshi saqlovchi deraza hamda eshiklarning o‘rnatilishi natijasida uy-joyning issiqlik samaradorligi oshirilgan.

Uyning ichki qismida ham keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, devorlar emulsiya bilan bo‘yalgan, xonadonning ichki ko‘rinishi yaxshilanib, yashash uchun yanada qulay va sanitariya-gigiyena talablariga mos sharoit yaratilgan. Bundan tashqari, pol qismi ta’mirlangan, natijada xonadonda yashash uchun qulaylik va xavfsizlik darajasi oshirilgan. Sanitariya va maishiy sharoitlarni yaxshilash maqsadida santexnika jihozlari ham yangilangan.

Uy-joyda energiya samaradorligini oshirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanish maqsadida geliokollektor ham o‘rnatilgan. Bu esa xonadonning issiq suvga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda qulaylik yaratishi, an’anaviy energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va energiya tejamkorligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Biroq, xonadon egasi tomonidan issiq suv ta’minotida muammolar kuzatilayotganligi ma’lum qilindi.

🔻Kotibiyat mudiri tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, qarorlar ijrosining ta’minlanishi va amalga oshirilgan ishlar natijadorligi ustidan deputatlik nazorati davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7