Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarining topshirilishi xalqimiz hayotidagi muhim va unutilmas voqealardan biridir.

Davlat mukofotlari — Vatanga sadoqat, fidoyilik, halol mehnat va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissaga berilgan yuksak e’tirofdir. Ayniqsa, Mustaqillik bayrami arafasida turli soha vakillarining mehnati davlatimiz tomonidan qadrlanayotgani barchamizni yanada mas’uliyat bilan ishlashga, yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga undaydi.

Deputat sifatida ushbu yuksak e’tirofni samimiy muborakbod etaman. Mukofotlangan yurtdoshlarimizning ibratli faoliyati yosh avlod uchun munosib namuna bo‘lib, jamiyatimizda bunyodkorlik, tashabbuskorlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.

Barchamiz uchun aziz bo‘lgan Mustaqillik bayrami yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik va ulkan zafarlar olib kelishiga tilakdoshman!

Gulhayo Hamidovna, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati