Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“O‘zbekiston” mahallasi hududida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi



Aholi salomatligini muhofaza qilish, mahallalarda sanitariya-ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda hududlar tozaligini nazorat qilish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, 8-“O‘zbekiston” saylov okrugi deputati M.Ruziyeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “O‘zbekiston” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil va o‘rganish tadbirini olib bordilar.

Mazkur amaliy jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etildi.

Mahallaning So‘lim Diyor ko‘chasida joylashgan maishiy chiqindilarni to‘plash nuqtasi (chiqindixona) va uning atrofi yetarlicha obodonlashtirilmagani hamda tartibga keltirilmagani kuzatildi.

Ushbu holat hudud husniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga antisanitariya muhitini yuzaga keltirmoqda. So‘lim Diyor ko‘chasida aniqlangan ushbu kamchilik deputatning “Murojaat daftari”ga rasmiylashtirildi.

Chiqindixona atrofini zudlik bilan chiqindilardan tozalash, hududni sanitariya me’yorlariga mos ravishda obodonlashtirish hamda tartibga keltirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 2