Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Mehr-saxovat — inson qadrining yuksak ifodasi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda ezgulik, mehr-oqibat va saxovat kabi yuksak insonparvarlik fazilatlarini yanada keng namoyon etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🔹Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari tomonidan ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj yurtdoshlar holidan xabar olinib, ularga mehr-saxovat ko‘rsatildi.
🔹Deputatlar tomonidan amalga oshirilgan mazkur xayrli tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga amaliy ko‘mak berish, ularning dardi va muammolariga hamdard bo‘lish, ayniqsa, e’tibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
🔹Bunday ezgu ishlar xalq vakillarining o‘z saylovchilari bilan yaqin muloqotda bo‘lib, ularning ijtimoiy hayotiga befarq emasligini yana bir bor namoyon etadi. Zero, mustaqillikning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri — inson qadrini ulug‘lash, xalq manfaatlarini ta’minlash va jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashdir.
🔹«Adolat» SDP deputatlik guruhi a’zolarining mazkur tashabbusi ham yurtimizda hukm surayotgan bag‘rikenglik, saxovat va insonparvarlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔹Mehr va saxovat bor joyda fayz-baraka, ahillik va ezgulik barqaror bo‘ladi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar esa bayram shukuhini yanada oshirib, insonlar qalbiga quvonch va umid bag‘ishlamoqda.

Slide 1 of 2