Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 31-MAKTABNING YANGI BINOSIDA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

📍 Sherobod tumani “G‘urin-Gilambob” MFY hududidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🏫 PQ–141-sonli qaror doirasida mazkur maktabni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi. Loyiha doirasida mavjud 250 o‘rinli bino o‘rniga 540 o‘rinli zamonaviy yangi bino qurildi, shuningdek, 300 o‘rinli bino mukammal ta’mirlandi.

🔎 O‘rganish davomida yangi binoda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalarning jihozlanishi, sanitariya-gigiyena holati, maktab hududining obodonlashtirilishi, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari hamda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👤 O‘rganish jarayonida Sherobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan maktabdagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

📌 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 19¹-moddasida belgilangan xalq deputatlari Kengashi doimiy komissiyalarining hududdagi qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosini joylarga chiqqan holda o‘rganish vakolatlari doirasida amalga oshirildi.

🎯 Asosiy maqsad — o‘quvchilar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratish, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish hamda ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlarning amaldagi holatini o‘rganish.

🌟 Yangi maktab — yangi imkoniyatlar!
📚 Ta’lim — kelajak poydevori!
👧👦 Yoshlar kelajagi — doimo e’tiborda!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4