Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” — “O‘RTA MASJID” MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” — “O‘RTA MASJID” MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

🏛 Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva boshchiligida Yashnobod tumanidagi “O‘rta Masjid” mahallasida aholi bilan muloqot qilish, hududdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini o‘rganish hamda fuqarolarning ijtimoiy masalalariga e’tibor qaratishga qaratilgan o‘rganish o‘tkazildi.

🤝 Jarayonda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yashnobod tuman partiya tashkiloti raisi Dildora Mavlyanova, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri Alisher Kerimov, tuman Kengashi deputati Ibrohim Rasulov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bosh mutaxassisi Muzaffar Yusupov, mahalla raisi va faollar ishtirok etdi.

🚧 O‘rganish davomida “O‘rta Masjid” mahallasida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, mahalla ichki yo‘llarini qayta asfaltlash, eskirgan ichimlik suvi va kanalizatsiya quvurlarini yangilash, hudud infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holatiga e’tibor qaratildi.

🔎 Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi, jumladan, mahalla ichki yo‘llari holati, kommunal xizmatlar sifati, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish hamda ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash vazifalari bilan uyg‘un holda olib borildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, deputat Sevara Fayziyeva mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan birining xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoiti, mavjud ehtiyojlari, farzandlarning ta’lim-tarbiyasi va salomatligi bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.

🩺 Muloqot davomida oiladagi ikki nafar farzandning tibbiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyoji ham muhokama qilinib, masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish va zarur amaliy choralarni ko‘rish belgilandi. Shuningdek, farzandlarning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

🗣 O‘rganish davomida mahalla aholisi va faollarining hududni yanada obod qilish, infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha fikr va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli hal etish hamda ijrosini nazorat qilib borish belgilab olindi.

📁 Sevara Fayziyeva tomonidan mahallalardagi bunyodkorlik ishlarining sifatli amalga oshirilishi, fuqarolar murojaatlarining natijadorligini ta’minlash va e’tiborga muhtoj oilalarning masalalariga manzilli yondashish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.

💡 Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan bunday ishlar mahallalarni yanada obod etish, aholi farovonligini oshirish va “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oyani amaliy ishlar bilan mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7