Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputatlik faoliyati — aholi ishonchining amaliy ifodasi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxobovich taqdirlandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda inson qadri, mahalla obodligi va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan ezgu ishlar yanada keng quloch yoymoqda.
Ana shunday yuksak maqsadlar yo‘lida samarali deputatlik faoliyatini olib borayotgan Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvaxobovich o‘z saylov okrugida aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Deputat o‘z okrugida muntazam ravishda fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaat va takliflarini tinglaydi, ko‘tarilayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga intiladi. Ayniqsa, mahalla obodligi, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalari uning deputatlik faoliyatida muhim o‘rin egallaydi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Xusainov Alisher Abduvaxobovichning samarali deputatlik faoliyati, saylovchilar bilan yaqin hamkorligi va o‘z saylov okrugi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi e’tirof etildi.
Xalq ishonchi — yuksak mas’uliyat, uni oqlash esa haqiqiy deputatlik faoliyatining eng muhim mezonidir.

Slide 1 of 2