Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Huquqiy ma'lumot

#VM_Qarori
🏠 YOSH OILALARGA UY-JOY QURISH UCHUN GAROVSIZ KREDIT

🇺🇿 Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash va munosib turmush kechirishi uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida qator imtiyozlar belgilangan.

📜 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 637-son qarori bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

💳 Kredit miqdori — 33 million so‘mgacha.

👨‍👩‍👧‍👦 Ushbu imkoniyatdan tegishli mezonlarga javob beradigan yoshlar foydalanishi mumkin. Kredit mablag‘lari xonadonda qo‘shimcha xona yoki alohida yashash joyi barpo etish bilan bog‘liq qurilish ishlariga yo‘naltiriladi.

⏳ Kredit 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, mijoz xohishiga ko‘ra 6 oygacha imtiyozli davr bilan ajratilishi mumkin. Bunda boshlang‘ich badal qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining kamida 15 foizini tashkil etishi belgilangan.

🤝 Mazkur imtiyoz ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yosh oilalarning uy-joy masalasini yengillashtirish va ularning mustaqil hayot kechirishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

✨ Yosh oilalarga berilayotgan bunday imkoniyatlar — oilalar farovonligi, barqarorligi va kelajagiga qaratilgan muhim e’tibordir!

📌 Eslatma: kredit olish uchun murojaat qiluvchi shaxs 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi hamda belgilangan boshqa mezonlarga javob berishi lozim.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube