Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“Majnuntol” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish



Mahalla — davlat va xalq o‘rtasidagi eng yaqin ko‘prik. Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish hamda hududdagi muammolarni xonadonbay o‘rganish — xalq vakillarining ustuvor vazifasidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 22-“Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov okrugiga qarashli “Majnuntol” mahallasida bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, “24 ta muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

“Mahalla yettiligi” hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyati;

Deputatlik faoliyati: J.Xamroqulovning o‘z okrugida saylovchilar bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyati;

Aholi murojaatlari: Hududda fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda ularni tizimli bartaraf etish yo‘llari.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga aholi bilan ishlashda ochiqlik, murojaatlarni xonadonbay o‘rganish hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.