Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
MUSTAQILLIK SHUKRONASI — DIYOBOD MAHALLASIDA BAYRAM SHUKUHI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿  🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
#Mustaqillik35 #Uzb35

MUSTAQILLIK SHUKRONASI — DIYOBOD MAHALLASIDA BAYRAM SHUKUHI

🇺🇿 Eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Uchtepa tumanidagi “Diyobad” mahallasida ham ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.

📇 Bayram tadbirida mahalla nuroniylari o‘zlarining samimiy tilak va duolarida mustaqil yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot va bugungi kunlarga shukronalik tuyg‘ularini ifoda etdilar. Yoshi ulug‘larimizning ezgu tilaklari tadbirga o‘zgacha fayz va mazmun bag‘ishladi.

🖥 Suhbatlar davomida 2016-yildan buyon Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, eng avvalo, inson qadrini ulug‘lash, aholining munosib turmush sharoitini yaxshilash, mahallalarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash borasidagi ishlar haqida fikr almashildi.

📈 Bugun mahallalarga berilayotgan e’tibor, aholi muammolarini joyida hal etish, nuroniylar, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan amaliy ishlar Mustaqillik bergan imkoniyatlarning hayotimizdagi ifodasi sifatida e’tirof etildi.

🧠 Tadbir samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar va bayramona kayfiyat bilan davom etdi. Nuroniylarning duolari esa yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mustaqilligimiz abadiyligi uchun yangradi.

Slide 1 of 4