Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“Kokildorota” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida


Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasida berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish — shahar Kengashi deputatlarining doimiy diqqat-markazida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala doirasida tizimli nazorat-tahlil tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova biriktirilgan “Kokildorota” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyatini atroflicha o‘rgandilar.

Mas’ullar tomonidan Hokim yordamchisiga PF-116-sonli Farmon bilan yuklatilgan asosiy vazifalarning amaldagi ijrosi va erishilgan natijalar tahlil qilindi:

Imtiyozli kreditlar: Bugungi kunga qadar oilaviy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 18 ta fuqaroga 50 million so‘mdan imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltirildi;

Mikroloyihatlar: Joriy yilning avgust oyida mahalla hududida aholi daromadini oshirishga qaratilgan 2 ta yangi mikroloyiha ishga tushirildi;

Aholi bandligi: Avgust oyining o‘zida 12 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

O‘rganish yakunida Hokim yordamchisi va mahalla mas’ullariga imtiyozli kreditlardan foydalanish samaradorligini doimiy monitoring qilib borish, yangi mikroloyihalar sonini ko‘paytirish hamda ehtiyojmand xonadonlarni daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalari berildi.