Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “9-Tuvadoq” saylov okrugi deputati, Kengash raisi D.Karimova hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan “Obodyurt” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

⏺O‘rganish davomida mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” mahalla sifatida belgilanganligi hamda mahallani rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

⏺Loyiha doirasida mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilangan:

🔹 ichimlik suvi qudug‘i qazish;
🔹 1 ta ichimlik suvi minorasi o‘rnatish;
🔹 1,5 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish.

⏺O‘rganish jarayonida “Turon” ko‘chasida ichimlik suvi qudug‘ini qazish ishlari olib borilayotgani, ayni paytda quduq 50 metr chuqurlikda qazilgani aniqlandi. Shuningdek, loyiha doirasida 1,5 km masofaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari to‘liq yakunlanganligi ma’lum bo‘ldi.

🗣Mas’ullar bilan loyihaning qolgan qismini belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z muddatida yakunlash, shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3