Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “13-Muqimiy” saylov okrugi deputati R.Yegitaliyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov tomonidan “Ittifoq” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 9-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muassasaning moddiy-texnik holati hamda mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔴O‘rganish davomida mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 1968-yilda qurilgan bo‘lib, 100 o‘ringa mo‘ljallangani, ayni vaqtda esa muassasada 80 nafar tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya olayotgani hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔴Shuningdek, tashqi hojatxonaga olib boruvchi yo‘lning qum qoplamasida ekanligi sababli yog‘ingarchilik kunlarida tarbiyalanuvchilar va xodimlar uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani, oshxona binosining ayrim qismlari tashqi ko‘rinishi ta’mirtalab holatga kelgani hamda bir nechta deraza romlarining eskirgan yog‘och konstruksiyalardan iborat ekanligi aniqlandi.

✍️Aniqlangan mazkur muammolar deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish” daftariga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishi belgilandi.

Slide 1 of 7