Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati E.Sadikova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Oltin vodiy” MFY, A.T.Xuqandiy mavzesi 45-uy, 34-xonadonda yashovchi fuqaro Abidova Regina Tulkinovna murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro R.Abidovaning 1 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, boquvchisi yo‘qligi hamda u bilan birga yashovchi onasi — 1968-yilda tug‘ilgan Qulaxmedova Yelena uzoq yillardan buyon og‘ir kasallik tufayli dori-darmon va tibbiy muolajaga muhtojligi bayon etilgan. Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J.Mirzayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida quyidagi masalalar yuzasidan izoh va amaliy choralar ko‘rilishi so‘ralgan:

Boshqarma xodimlari tomonidan uzoq yillardan buyon xastalik tufayli og‘ir ahvolda yashayotgan fuqaro Qulaxmedova Yelenaning holidan nima sababdan habar olinmaganligiga izoh berish;

Fuqaro Qulaxmedova Yelenaga qachon va qanday tartibda ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha aniq ma’lumot taqdim etish.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2