Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati E.Sadikova tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Oltin vodiy” MFY, A.T.Xuqandiy mavzesi 45-uy, 34-xonadonda yashovchi fuqaro Abidova Regina Tulkinovna murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro R.Abidovaning 1 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, boquvchisi yo‘qligi hamda u bilan birga yashovchi onasi — 1968-yilda tug‘ilgan Qulaxmedova Yelena uzoq yillardan buyon og‘ir kasallik tufayli parvarishga muhtojligi qayd etilgan. Bemorning bepul davolanishi uchun yo‘llanma ajratilishida ko‘mak so‘ralgani munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.Sirojiddinov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida quyidagi masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish va batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan:

Uzoq yillardan buyon og‘ir kasallik bilan og‘riyotgan fuqaro Qulaxmedova Yelenaga bepul davolanish uchun yo‘llanma berish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish;

Belgilangan tartibga ko‘ra bepul davolanish yo‘llanmasini ajratish yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilishi mumkinligi bo‘yicha tushuntirish berish.

Mazkur murojaat orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir xastalikka chalingan fuqarolarning salomatligini tiklash va qonuniy huquqlarini ta’minlashga ko‘maklashish maqsad qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2