Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#Deputat_faoliyati

♻️Tuman Kengashi 10-saylov okrugi deputati G. Tursunova mahallada aholi bilan ishlash, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasidagi ishlarni o‘rgandi.

♻️O‘rganish davomida "Katta chinor" mahallasi hokim yordamchisi N. Azlarovaning faoliyati, xususan, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, aholini tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari tahlil qilindi.

♻️Shuningdek, mahallada yashovchi fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari tinglandi. Ayniqsa, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

♻️Deputat tomonidan masʼullarga kamchiliklarni bartaraf etish va mahallada amaliy natijadorlikni oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3