Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“Istara” mahallasida xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

#nazorat_tahlil #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#kotibiyat_mudiri_faoliyati

“Istara” mahallasida xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 23-Navbur saylov okrugidan deputat Q. Igamberdiyevaning saylov okrugidagi “Istara” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev tomonidan mahalla raisi va tegishli mas’ullar ishtirokida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish uchun ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi hamda maqsadli sarflanishi holati mahalla raisi va soliq mas’uli ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahallada “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan 113 nafar xotin-qizning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Mazkur yo‘nalishda mavjud muammolarning 93,5 foizi ijobiy hal etilgani qayd etildi.

Jumladan, ish izlayotgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi ayollarga ko‘maklashish, tibbiy, psixologik va huquqiy yordamga muhtoj fuqarolarning murojaatlarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

Bundan tashqari, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati ham ko‘rib chiqildi. Mahalladagi 18 nafar ishsiz yoshning barchasi ish bilan ta’minlangani ijobiy baholandi.

O‘rganish yakunida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, aniqlangan masalalarni nazoratga olish hamda aholi muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3