Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputatlik nazorati: Ichki yo‘llarning ta’mirlash sifati o‘rganildi.

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengashning tegishli qaroriga asosan tumanning “S.Raximov” mahallasi “Navobaxsh” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida ichki yo‘llarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining belgilangan talablarga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlar sifati, yo‘l qoplamasining holati hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

🔹O‘rganish davomida mahallada ta’mirlanayotgan ichki ko‘chalarda olib borilayotgan ishlar, yo‘l qoplamasining sifati, qurilish materiallarining me’yorlarga muvofiqligi, texnika va ishchi kuchining jalb etilganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar va pudratchilar bilan muloqot o‘tkazildi

🔹Deputat A. Mannobov tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.

🔹O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan standartlar asosida va yuqori sifatda yakunlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4