Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi

🟢 Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov tomonidan aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida markaziy dehqon bozoridagi “Elga xizmat” rastalarida narx-navo holatlarini o‘rgandilar.

🟢 O‘rganish davomida bozorda sotilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, guruch, yog‘-moy mahsulotlari, shakar, kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring, go‘sht, sut va sut mahsulotlari, tuxum hamda boshqa kundalik ehtiyoj mollarining narxlari ko‘zdan kechirildi. Sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mahsulotlarning kelib tushishi, ulgurji va chakana narxlar o‘rtasidagi farq, mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif, shuningdek, narxlarning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar o‘rganildi.

🟢 O‘rganish jarayonida ayrim mahsulotlar narxidagi o‘zgarishlar va aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinib, bozor ma’muriyatiga narx-navo barqarorligini ta’minlash, mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada shakllantirish va aholi uchun qulay savdo sharoitlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3