Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNING OVQATLANISH JARAYONI O‘RGANILDI

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNING OVQATLANISH JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qurbonov Farxod Absalomovich, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi rahbari Hamroyev Jo‘rabek Jamoliddinovich hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish jarayonini o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish jarayoni, kunlik taomnomaning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda bolalarga taomlarning o‘z vaqtida va belgilangan tartibda berilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

🥗 Shuningdek, bolalarga taqdim etilayotgan taomlarning sifati, ularning yosh xususiyatlariga mosligi hamda ovqatlanish jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalarning sog‘lom va barkamol voyaga yetishida to‘g‘ri va sifatli ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Shu bois maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun sog‘lom ovqatlanish sharoitlarini yaratish, taomlar sifatini ta’minlash va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.

🏛 O‘rganish davomida mas’ullar bilan bolalarni sifatli va to‘g‘ri ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan fikr almashildi hamda mavjud masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Bola salomatligi — jamiyat kelajagining muhim kafolatidir!

Slide 1 of 5