Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda yangi o‘quv binosi — Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tuhfa

Alisher Navoiy mahallasidagi 10-maktabda zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-sonli qarori asosida Shofirkon tumanida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday bunyodkorlik ishlaridan biri Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 10-son umumta’lim maktabida amalga oshirildi. 1960-yilda qurilgan, yillar davomida foydalanib kelingan maktab binosiga qo‘shimcha ravishda 210 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi barpo etildi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun 3 milliard 192 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Yangi bino bugun foydalanishga topshirilib, maktab jamoasi va o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim olish imkoniyatlari yaratildi.

Ayni paytda maktabda 510 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 67 nafar pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda. Jamoaning 7 nafari oliy, 17 nafari birinchi, 22 nafari ikkinchi toifali pedagoglardan iborat bo‘lib, qolgan o‘qituvchilar mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda.
Maktab jamoasining salohiyati va o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan intilishi natijalarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘quvchilar tuman miqyosidagi fan olimpiadalarida muntazam ravishda yuqori natijalarni qayd etib, g‘olib va sovrindorlar safidan joy olib kelmoqda. Pedagoglarning qariyb 40 foizi milliy va xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega.
Maktab direktori Ubaydullo O‘rinov boshchiligidagi rahbariyatning samarali boshqaruvi ham ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maktab rahbariyatida menejerlik sertifikati mavjudligi ta’lim muassasasini zamonaviy boshqaruv asosida rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborning yana bir ifodasidir.

E’tiborlisi, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi qator yillardan buyon 70 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda. Bu esa ta’lim jamoasining fidokorona mehnati, o‘quvchilarning intilishi va ota-onalar bilan hamkorlikning amaliy natijasidir.
Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilish marosimida mahalla nuroniylari, ota-onalar, ustoz va murabbiylar, maktab o‘quvchilari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi binoning foydalanishga topshirilishi maktab hayotidagi muhim voqea ekanini ta’kidlab, yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar yoshlarning puxta bilim olishi va kelajakda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishini qayd etdilar.

Bugun 10-son umumta’lim maktabida yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi — ta’limga qaratilayotgan e’tibor, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajak sari qo‘yilayotgan yana bir muhim qadamning amaliy ifodasidir.

Zero, zamonaviy maktab — bilimli avlod, bilimli avlod esa yurtning mustahkam kelajagidir.

Slide 1 of 6