Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
⚡️ DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Haftalik ish rejalari belgilandi
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi.
янв.21
Senator Yalpi majlisda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlarga targ'ibot o'tkazdi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish Samarqand viloyat hududiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Bulung'ur tumanida bo'lib o'tdi
янв.21
27 IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tizimli nazorat va monitoring zarur
янв.21
Sessiyadan
янв.21
Viloyat Kengashida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b R.Kurbanov
TUMAN KENGASHI RAISI FAXRIDDIN DADAMATOV RAHBARLIGIDA PARKENT TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi raisi Faxriddin Dadamatov rahbarligida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Parkent tumanidagi mahalla raislari va tegishli mutasadilar ishtirok etdi.Yig‘ilish davomida korrupsiyaning oldini olish, ushbu illatga qarshi kurashish samaradorligini oshirish hamda joylarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.Faxriddin Dadamatov o‘z so‘zida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, davlat organlariga nisbatan ishonchni susaytirishi hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga jiddiy to‘sqinlik qilishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, barcha sohalarda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning murojaat va muammolariga mas’uliyat bilan yondashish muhimligini alohida ta’kidladi.Shu bilan birga, mahalla raislari hokimning joylardagi vakili sifatida aholi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, bu boradagi davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishda faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.Yig‘ilish yakunida tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish, profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 4