2026 yil 4-mart kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Alimova Inobat Obloqulovna o‘z hududidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda deputat o‘tgan davrda qilgan ishlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, aholining murojaatlari va muammolari tinglandi.
Fuqarolar o‘z taklif va savollarini berishdi, deputat esa ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini bildirdi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tdi.