Deputat so‘rovi yuborildi
📌 4-Mustaqillik saylov okrugi hududida joylashgan Bog‘itemur mahallasi fuqarolari tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq qator murojaatlar kelib tushmoqda.
⚡️ Mazkur murojaatlar yuzasidan Samarqand shahar hokimiga 218-ds-383-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
🏢 So‘rovda Bog‘itemur mahallasi Lutfiy ko‘chasidagi 70-ko‘p qavatli uy oldida mavjud bo‘sh hududdan samarali foydalanish hamda ushbu joyda bolalar va yoshlar uchun sport maydonchasi barpo etish masalasi ko‘tarildi.
⚽️ Sport maydonchasining tashkil etilishi hudud aholisi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
✅ Shu munosabat bilan masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirokida atroflicha o‘rganish, sport maydonchasini barpo etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda bu boradagi aniq taklif va rejalarni ishlab chiqish so‘raldi.
👍 Yoshlar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish masalasi doimiy e’tiborda.