Qurilish ishlari bilan tanishildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati N. Alimovlar “INTEGRAL” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joylarni qurish bo‘yicha yangi loyiha bilan tanishdilar.
Tashrif davomida "Shodlik" mahallasi hududida olib borilayotgan qurilish ishlari, loyiha asosida bajarilayotgan jarayonlar hamda obyektning sifatli va belgilangan muddatlarda barpo etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, kelgusida ushbu turar joylar aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilishi, zamonaviy va qulay yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli bajarish, loyiha talablariga qat’iy rioya etish hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram