2026 yil 13 may kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 9-“Sa’diy” saylov okrugi deputati M. Jalolov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O. Olimjonovlar tomonidan Andijon shahridagi “Hamkorlik” MFYda o‘rganishlar olib borildi.
Unda mahallada aholi muammolarini o‘rganish,
kambag‘allikni qisqartirish,
infratuzilmani yaxshilash,
ayollar va
yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha “yettilik” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari tomonidan mahallalarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda.