Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Abdisadikov Yusupbay Axmadjanovich hamda “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogika texnikumida bo‘ldi.
📍 Tashrif davomida texnikumda faoliyat yuritayotgan og‘ir atletika to‘garagi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
🔍 Xususan:
🔹 sport zalining bugungi holati;
🔹 mavjud sport anjomlari va jihozlari;
🔹 inventarlarning foydalanishga yaroqliligi;
🔹 moddiy-texnik ta’minotdagi mavjud ehtiyoj va kamchiliklar tahlil qilindi.
🤝 O‘rganish yakunida sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, to‘garak faoliyati uchun zarur inventarlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
📌 Yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun munosib sharoitlar yaratish va sport obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash doimiy e’tibordagi masalalardan biridir.