Kengashga taqdim etilgan hisobot, sessiyadan oldin oʻrganildi
⚡️Sessiyaga taqdim etilayotgan har bir hisobotdagi ma’lumotlarning haqqoniyligi joylarda o‘rganilmoqda.
⚡️Jomboy tuman Kengashi deputati Risolat Ochilova hamda kotibiyat xodimlari Farhod Boymirzayev hamda Ashrafjon Xamroqulov elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan taqdim etilgan hisobot ma’lumotlarining amaldagi holatga mosligini aniqlash maqsadida hududlarda o‘rganish olib bordi.
💠Jarayonda hisobotda qayd etilgan ishlarning ijrosi, elektr ta’minoti yo‘nalishida amalga oshirilgan tadbirlar hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.
💠O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar tayyorlanib, tuman kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.