Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz ikkinchi sessiyasi 26-iyun kuni o‘tkazilad
янв.21
Deputat hududdagi muammolarni o‘rganib, amaliy yechimlar izlamoqda
янв.21
O‘rganish natijalari muhokamasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi mahallalar chegaralari belgilandi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
Mahallada aholi murojaati bilan ishlash holati va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tumanning “Xumson” mahallasida mahalla xodimlari tomonidan aholining murojaatlari bilan ishlash holati bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, murojaatlarni ro‘yxatga olish, ijrosini ta’minlash, takroriy murojaatlarning oldini olish hamda aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar ham atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, huquqbuzarlikka moyil shaxslar, nazoratda turuvchi fuqarolar, muammoli oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan olib borilayotgan manzilli ishlar haqida ma’lumot berildi.

🔺O‘rganish davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1