Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'ttiz ikkinchi sessiyasi 26-iyun kuni o‘tkazilad
янв.21
Deputat hududdagi muammolarni o‘rganib, amaliy yechimlar izlamoqda
янв.21
O‘rganish natijalari muhokamasi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Pastdarg‘om tumanidagi mahallalar chegaralari belgilandi
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi faoliyati va joylashgan binosi ko‘zdan kechirildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
Deputat so‘rovi yuborildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 4-Shohbekat saylov okrugi deputati T.Isroilova tomonidan Barkamol mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va obod yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.

Bugungi kunda mahalla hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, yo‘l chetlarini obodonlashtirish, atrof-muhitni yanada chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga keltirish maqsadida turli manzarali gullar ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar hududning nafaqat tashqi ko‘rinishini yaxshilab, balki ekologik muhitni sog‘lomlashtirishga ham xizmat qilmoqda.

Mahallada olib borilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, aholining keng qatlamlari tomonidan ijobiy kutib olinmoqda. Yo‘l bo‘ylariga ekilayotgan rang-barang gullar yoshu-qarining kayfiyatini ko‘tarib, mahallada yashovchi fuqarolarda estetik did va obodlikka bo‘lgan e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, amalga oshirilayotgan ishlar aholining roziligiga sabab bo‘lib, ularning hayot sifatini oshirishga bevosita hissa qo‘shmoqda.

Shuningdek, deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib ko‘rib chiqish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli choralar ko‘rilmoqda. Bu esa olib borilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirmoqda.

Mazkur obodonlashtirish ishlari deputat T.Isroilova tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham Barkamol MFY hududini yanada obod, ko‘rkam va yashash uchun qulay maskanga aylantirish yo‘lida keng qamrovli ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3