Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengashga taqdim etilgan hisobot, sessiyadan oldin oʻrganildi
янв.21
VILOYAT DEPUTATI TASHABBUSI BILAN NARPAYDA KENG QAMROVLI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyati sarhisob qilindi
янв.21
Oqdaryo tumanida aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Qo'shrabot tumanida Kengash qarorlari ijrosi o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Xotin-qizlar salomatligi va murojaatlari doimiy e'tiborda
янв.21
Bolalar quvonchi — eng katta mukofot!
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Narpay tumanidan birlashtirish va ixchamlashtirishga tushgan mahallalarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida
Ishtixonda yangi aylanma yo‘l va zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi

Ishtixonda yangi aylanma yo‘l va zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida muhim infratuzilma loyihasi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Tuman markazini Mitan shaharchasi bilan bog‘lovchi, shuningdek M-37 xalqaro avtomobil yo‘liga tutashuvchi 4 kilometr uzunlikdagi "Afrosiyob" aylanma yo‘li hamda uzunligi 73 va eni 15 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik barpo etildi.

Qurilish ishlari doirasida uzunligi
3,5 km va kengligi 2 metr bo‘lgan velo va piyodalar yo‘laklari, imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus moslashtirilgan yo‘laklar, 155 dona quyosh panellari asosida ishlovchi tungi yoritish chiroqlari, 2 ta zamonaviy avtobus bekati barpo etildi.
Shu bilan birga, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on va Payariq tumanlariga qatnovchi transport vositalari hamda tranzit yuklarini xavfsiz va tez yetkazish ta’minlanadi.
Tadbirda zamonaviy aylanma yo‘l va ko‘prik barpo etilishida faol ishtirok etgan quruvchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Foydalanishga topshirilgan yangi infratuzilma obyektlari hudud iqtisodiy faolligini oshirish, logistika tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Ushbu yo'l inshoatlari ochilishida viloyat hokimi hamda deputati A.Boboyev, viloyat Kengashiga ushbu okrugdan saylangan viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov hamda viloyat va tuman keng jamoatchiligi ishtirok etishdi.

Slide 1 of 10