Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq, mart oyida quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:
Hisobotlar va muhokamalar
✅Joylardagi norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati yuzasidan viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining axboroti eshitiladi.
(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)
✅Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitish.
(Mas’ul: Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya )
✅Viloyatda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanish masalalari yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining hisobotini eshitish.
(Mas’ul: Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya )
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha korxona va tashkilotlarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish.
Nazorat va tashkiliy tadbirlar
✅ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Senatga kiritilgan qonunlarni muhokama qilish.
✅Kengash ish rejasining bajarilishini muhokama qilib borish. ✅✅Kengash qarorlarining ijrosi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish va tahlil qilib borish.
✅Kengash ish rejasining bajarilishini muhokama qilib borish.
🌐 Kengash sessiyalari hamda doimiy komissiyalar yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish.
🌐OAVda materiallar chop etish va intervyular berish, sessiyalarni jonli efirda yoritish.
👍 Ushbu tadbirlar mart oyida viloyat miqyosida huquqiy targ‘ibot, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.
✈️@sam_vil_deputatlari