Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi 26-fevral kuni o‘tkaziladi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi 26-fevral kuni o‘tkaziladi 

 

⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 23-fevralda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

• “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari Z.Saidovaning hisoboti.

• Viloyat mahalliy byudjetining 2025-yil ijrosi bo‘yicha viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Mirzayevning hisoboti.

• Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida.

• Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida.

• Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Foyda, investisiya va barqarorlik uchun agrobiznes yechimlari” loyiha konsepsiyasi to‘g‘risida.

• Samarqand viloyatida 2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash to‘g‘risida.

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksionerlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

• Viloyatda tanlab olingan “Og‘ir” toifadagi tumanlar va mahallalarni 2026-yilda kompleks rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida.

• “Issiqlik ta’minoti” AJ tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Samarqad viloyatida issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyiha konsepsiyasi to‘g‘risida.

• Viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

• 2026-yilda Samarqand viloyatida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik muhitini yaratish va aholi daromadini oshirish maqsadida shakllantirilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida.

• viloyatdagi shahar va tumanlarning (https://kengash.gov.uz/doc/246514)2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1