Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Beshchinor mahallasida amaliy muloqot
янв.21
Ta’limga e’tibor - kelajakka sarmoya
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil mart oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Mahalliy_Kengashlar_faoliyati
янв.21
Payshanba — Yoshlar kuni
янв.21
SAMDU rektori, senator Rustam Xolmurodov talabalar, ziyolilar, ota-onalar va nuroniylarga murojaat yo‘lladi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi 26-fevral kuni viloyat hokimligining majlislar zalida o‘tkazildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengashning ish rejasi shunchaki, tashkiliy hujjat emas
янв.21
Kelajak egalari uchun yangi imkoniyatlar davri
📍 Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Andijon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Umarov hamda Andijon shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.To‘htaoxunov bilan hamkorlikda Markaziy dehqon bozori hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan yarmarkalar va mazkur hududda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–247-son qarori ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Qarorning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyati, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, belgilangan talablarga rioya qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, qonunchilik talablarini to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Mazkur uchrashuv tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, qonunchilik ijrosini ta’minlash hamda iqtisodiy faoliyatni shaffof va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5