Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi 10-dekabr kuni o‘tkaziladi
⭐️ Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 5-dekabrda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirma uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
- viloyat mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i Babayev Farrux Mansurovichning hisoboti;
- viloyatning Samarqand shahar, Toyloq, Oqdaryo, Pastdarg‘om hamda Samarqand tumanlarining ma’muriy-hududiy chegarasini belgilash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.
-boshqa masalalar.
⚡️ @sam_vil_deputatlari