Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi 10-dekabr kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
янв.21
Viloyat karrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashining a'zolari hamda Fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
янв.21
Viloyat Kengashi deputati Mizrob Tashov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Prezident tabrigida mahalliy kengashlar faoliyatiga alohida urg‘u berildi
янв.21
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
янв.21
Konstitusiyada fuqorolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari
янв.21
“Nurli maskan” maktab-internatida inklyuziv ta’lim, innovatsiyalar va deputat tashabbuslari
янв.21
“O‘zbekistonda Xitoy madaniyati kuni” tadbirlari doirasida konsert dasturi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi 10-dekabr kuni o‘tkaziladi
янв.21
“Konstitutsiya – inson huquqlari va erkinlik kafolati”
Chiqindi uchun xizmat narxini oshirish kerakmi? Nega?

Xalq deputatari viloyat Kengashi deputati, agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Baxtiyor Abdullayev olib borgan anjuman ko‘proq muhokama shaklida o‘tdi. Unda dastlab, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Payshanov viloyatda chiqindilarni olib chiqish va qayta ishlash holati, tizimdagi muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha taklif qilinayotgan yechimlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, shu kunda viloyatning 1123 ta mahallasidagi 794770 ta xonadondan chiqindilarni olib chiqish tashkil etilgan. Jarayonga mas’ul tashkilotlarning 411 ta maxsus texnikasi hamda 2 ming nafardan ziyod xodimi jalb qilingan. Biroq amaldagi tariflarning pastligi, qo‘shimcha daromadning yo‘qligi sababli korxonalar moliyaviy barqaror faoliyat yurita olmayapti. Bu o‘z navbatida xizmat ko‘rsatish sifatining pasayishiga olib kelmoqda.

Viloyat hokimining 2024 yildagi tegishli qarori bilan Samarqand shahri va tumanida aholi tarifi bir kishi uchun bir oyda 5600 so‘m, boshqa tuman va shaharlarda 4624 so‘m qilib belgilangan. Yangi taklifga ko‘ra, buni Samarqand shahri va tumani aholisiga 9500, yuridik shaxslariga 1 metr kub uchun 124 ming so‘m, qolgan tuman va shahar aholisiga 8 ming hamda yuridik shaxslariga 1 metr kub uchun 100800 so‘m qilib belgilash nazarda tutilgan.

Slide 1 of 2