O'rganish jarayonida aholi o'rtasida ekologik madaniyatni oshirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, o'rganish davomida ayrim kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklar xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi muhokamasiga kiritildi. Ushbu masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.