Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
Uchrashuv

#Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi "2-Bog'" okrugi deputati Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich "Obliq" MFYda o'tkazilgan sayyor qabulda ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq va tizimli muloqot olib bordi.

Mazkur tadbirda Angren shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik A. Mirxodjayev ham ishtirok etdi, jami 22 nafar fuqaro ishtirok etib, 17 ta murojaat ko‘rib chiqildi.Murojaatlarning 9 tasi joyida hal etildi, 4 ta murojaat tegishli davlat organlariga yo‘naltirildi, 5 ta masala bo‘yicha sohalar kesimida tegishliligi bo‘yicha rahbarlarga yo‘naltirildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning fikr-mulohazalari nafaqat tinglandi, balki ular asosida hududni rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar shakllantirildi. Bu esa sayyor qabullarni oddiy murojaatlar yig‘ilishi emas, balki hududdagi muammolarni kompleks hal etishga xizmat qiluvchi samarali mexanizm sifatida namoyon etmoqda.

Slide 1 of 6