Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
Aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi

Aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xusnora Berdiyarovaning 2026-yil 27-aprel kuni uchun kunlik ish rejasiga muvofiq, qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-443-son Qonuni (2017-yil 7-sentabr) ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida keng tushuntirib borilmoqda.

🏛 Xususan, 1-Madaniyat saylov okrugi deputati Odilov Asqarali Abduhakimovich tomonidan hududda fuqarolarga qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni, ularning amaliy ahamiyati hamda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

📚 Ushbu uchrashuvlar davomida aholiga qonun hujjatlarining asosiy normalari va ularning hayotdagi qo‘llanilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Mazkur ishlar fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va qonunchilikka oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2