Новости

Последние новости

янв.21
Deputat nazoratida: "Yashil makon" loyihasi ijrosi
янв.21
Zomin tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
XABARNOMA
янв.21
XABARNOMA
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova hamda kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan N.Oxunova hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Qo'ldoshev tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D. Begmatova hamda kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar hududdagi 20-DMTTda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova hamda kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar hududdagi 29-umumta’lim maktabida nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D. Begmatova hamda kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar hududdagi 67-umumta’lim maktabida “Ochiq budjet” tashabbusi doirasida g‘olib deb topilgan stadion qurilishi jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamrohligida “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” a’zolari hamda faollar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda 2026 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.Soliyeva mahalla “yettiligi”ning joriy yilning uch oy davomida olib borgan faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etdi. 

Hisobotda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar alohida qayd etildi. Jumladan, “Zuhro” ko‘chasida 300 metr ariq tozalanib, obodonlashtirish ishlari bajarilgan. Shuningdek, ayrim ko‘p qavatli uylarning tom qismi joriy ta’mirlanib, belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga biriktirilgan.

Yig‘ilish davomida hokim yordamchisi B.Mirzaahmedov tomonidan aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. 

Ta’kidlanishicha, mahalladagi 19 nafar ishsiz fuqarodan 12 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 2 nafar fuqaroga “Onlayn mahalla” platformasi orqali kredit ajratilgan bo‘lsa, yana 3 nafar fuqaro bank kreditlari asosida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. 5 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilish orqali rasmiy sektorga jalb etilgan.

Shuningdek, mahalla ixtisoslashuvi doirasida 4 ta xonadon bilan manzilli ishlash olib borilib, ularning faoliyat yo‘nalishlari aniqlashtirilgan. Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy daromadni oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan.

Yig‘ilishda xotin-qizlar faoli X.Oripova ham o‘z hisobotini taqdim etdi. 

Unda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yoritildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 105 nafar xotin-qizga “Ramazon hayiti” munosabati bilan bir martalik moddiy yordam ajratilgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan 3 ta oila yarashtirilib, 4 nafar farzandning yetim bo‘lib qolishining oldi olingan. 5 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlanib, yana bir nafar ayol “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.

Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan. Shu bilan birga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikohlarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mahallada muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarning faoliyati tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar va tavsiyalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6