💬Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmonida belgilangan vazifalar hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
🔅O‘rganish davomida:
✔️Mahalla raisi: Hududda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini tashkil etish;
✔️Yoshlar yetakchisi: Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
✔️Ijtimoiy xodim: Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni manzilli qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi ko‘rib chiqildi.
🫥Shuningdek, mas’ullarning o‘zaro hamjihatligi hamda aholi muammolarini hal etishdagi shaxsiy mas’uliyati tahlil qilinib, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.