Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Umirov tomonidan Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Xususan, hududda yashovchi ijtimoiy reestrga kiritilgan, 1-guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli oila a’zosi mavjud bo‘lmagan oilaning yashash sharoitlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Mazkur o‘rganishlar “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan ushbu xonadonlarni ta’mirlash bo‘yicha Kengash qarori loyihasini har tomonlama asoslash maqsadida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida xonadonlarning texnik holati, yashash uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar hamda zarur ta’mirlash ishlari aniqlab olindi.
Deputat tomonidan mazkur oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ushbu masalani Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.