O‘rganish jarayonida hududdagi xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalarda yetishtirilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishildi.
Jumladan, issiqxonalarning tashkil etilishi, ularda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, parvarishlash jarayonlari hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ushbu faoliyatning aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash hamda tomorqa yerlaridan samarali foydalanishdagi o‘rni tahlil qilindi.
O‘rganish davomida xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.