Новости

Последние новости

янв.21
DAVLAT TILI TO'G'RISIDA"GI QONUN IJROSI AMALDA
янв.21
Zomin tumani Qayirma MFY, Olmazor ko‘chasi, 8/1-xonadonda tashkil etilgan “Oilaviy bolalar uyi”da ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun mablag‘ ajratish bo'yicha Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining VII-17-34-3-48-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi DMTTda yaratilgan shart-sharoitlar hamda «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunning hududdagi ijrosi yuzasidan keng qamrovli monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Y. Safarov tomonidan Jizzax viloyati suv ta’minoti AJ Zomin tuman filialiga qarashli oqova suv inshootlarida keng qamrovli monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati I.Kucharov tomonidan hududda chorvachilik sohasini rivojlantirish, ayniqsa chorva naslini yaxshilash borasida manzilli va tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Tuman Kengashi deputati texnikumdagi kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganilmoqda.
янв.21
Tuman Kengashi deputati 1-sonli kasb-hunar texnikumida yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish jarayonida foydalanilayotgan texnik uskunalar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Q.O'rolov tomonidan hududda hokim yordamchisi ajratgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.
Baxmal mahallasida obodonlashtirish ishlari: Deputat tashabbusi amalda

Baxmal mahallasida obodonlashtirish ishlari: Deputat tashabbusi amalda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov tashabbusi bilan “Baxmal” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etildi.

Mamlakatimizda “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” tamoyillari asosida hududlarni tartibga keltirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning uzviy davomi sifatida Baxmal mahallasida o‘tkazilgan tadbirda hudud infratuzilmasini yaxshilash va ekologik holatni barqarorlashtirish asosiy maqsad etib belgilandi.

Hamjihatlik — obodlik asosi
Deputat tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur hasharda mahalla faollari, yoshlar va jamoatchilik vakillari uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida mahalla markaziy ko‘chalari hamda ichki yo‘llar bo‘yidagi chiqindilar chiqarib tashlandi, daraxtlarga shakl berilib, oqlash ishlari bajarildi. 

Slide 1 of 3