🌙Muborak Ramazon oyi davomida aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish dolzarb vazifalardan biridir.
✔️Shu maqsadda, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Mardonabonu Ergashova hamda soha mas’ullari ishtirokida shahardagi “Oydin dehqon bozori”da navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
🔹Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, yog‘, un, shakar, tuxum va sabzavotlar) zaxirasi;
🔹Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo rastalari faoliyati;
🔹Mahsulotlarning sifati va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi.
🤝Deputat sotuvchilar bilan suhbatlashib, sun’iy narx oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Maqsad — bayram kunlarida shahrimiz aholisi uchun qulaylik yaratish va xarid qobiliyatini himoya qilishdir.