Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi, deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich tomonidan tumandagi “Mingchinor” mahallasida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli “Xo‘jasoat” hududiy bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida muassasaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda mavjud muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati