8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!
🔹Bugun Хalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyatida ushbu go‘zal bayram 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayol deputatlarimizga shahar Kengashi raisi Sh.Dadaboyev boshchiligida barcha deputatlarimiz nomidan alohida e’tibor va hurmat ko‘rsatildi.
🔹Bayram tadbirida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidoyiligi va matonati yana bir bor e’tirof etilib, samimiy tilaklar bildirildi.
🔹Ayol – mehr va muhabbat timsoli. Ularning sabr-toqati, oqilonaligi va cheksiz g‘amxo‘rligi tufayli hayotimiz yanada fayzli va mazmunli bo‘lib bormoqda. Har bir ona, opa-singil va aziz qizlarimiz nafaqat bayram kunlari, balki yilning har bir kunida e’zoz va e’tiborga sazovor bo‘lsin.
🔹Barcha ayollarimizni bahorning eng go‘zal ayyomi bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va yorqin kelajak tilaymiz. 💐
✅ Telegram (https://t.me/Quvasoy_kengash) | 📹 Youtube (https://www.youtube.com/@xalqdeputatlariquvasoyshah4636) | ✅ Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100070571914871&mibextid=ZbWKwL)
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati rasmiy kanali