Новости

Последние новости

янв.21
ZOMIN TUMAN KENGASHI FAOLIAYATI
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahallada tibbiy sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov tomonidan Zomin tumani Elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Jizzax viloyati Kengash deputati O.Mamatqulov Zomin tumani Baxt mahallasida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Zomin_tuman_Kotibiyat
янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
Deputat nazorati qog‘ozda qolmaydi: javobgarlik va samarali yondashuv

E’tibor bersangiz, davlatimiz rahbari deputatlik so‘rovlari jonlanishi va ularga mas’ullar tomonidan o‘z vaqtida javob qaytarilishiga alohida urg‘u bermoqda. Bu shundan dalolatki, siyosiy muhitda muhim o‘zgarishlar kechmoqda — fuqarolarning murojaatlari nazardan chetda qolmaydi, ularga ijobiy yechim topish vazifasi amaliy jarayonga aylanmoqda. 

  ✔️Shu ma’noda, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashidagi 13-Xo‘jaqishloq saylov okrugidan saylangan deputat Nasiba Mo‘minova faoliyat namunasi juda yaqqol ko‘rinib turibdi. U Xo‘jaqishloq va Yastepa mahallalaridagi saylovchilarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari jo‘natdi va aniq tushuntirishlar talab qildi. Bu jarayonda ijobiy yechimlar bo‘yicha doimiy nazorat o‘rnatilаdi. 

  ✔️Deputatlik so‘rovlarining shunday tizimli nazorat bilan amalga oshirilishi nafaqat qonun ijro etilishini ta’minlaydi, balki jamiyatda fuqarolarning ishonchini oshiradi. Murojaatlar qog‘ozda qolmaydi, ular amalda natija beradi. Haqiqiy deputatlik faoliyati — bu faqat nazariy so‘rovlar va yo‘llanmalar emas, balki javobgarlik, samara va aholi ehtiyojlariga tezkorlik bilan e’tibor qaratilgan amaliy ishlardir.

  ✔️Shuningdek, bu tajriba boshqa deputatlar uchun ham namuna bo‘lib xizmat qiladi. Davlat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlik shundangina mustahkamlanadi: murojaat qilingan masala ijobiy yechim topsa, fuqarolarning davlat idoralariga ishonchi yanada ortgan bo‘ladi. 

  ✔️Demak, deputat nazorati qog‘ozda qolmaydi, u jamiyat hayotida aniq natijalar ko‘rsatadi va davlat siyosatini faollashtiradi. Haqiqiy deputatlik — bu fuqarolarning e’tirozi va ehtiyojlariga mas’ullik bilan e’tibor qaratishdir. 

 🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4