Новости

Последние новости

янв.21
ZOMIN TUMAN KENGASHI FAOLIAYATI
янв.21
Deputat yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tumani “Jizzax suv taʼminoti” AJ Zomin tuman filialiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahallada tibbiy sayyor qabul tashkil etildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov tomonidan Zomin tumani Elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Jizzax viloyati Kengash deputati O.Mamatqulov Zomin tumani Baxt mahallasida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Zomin_tuman_Kotibiyat
янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
Deputat mahallada

Uchrashuv davomida biriktirilgan xonadonlardagi xotin-qizlar, keksalar, yosh bolalar salomatligi, ayniqsa nogironligi bo‘lgan katta yoshdagilar va bolalar holati yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, G‘alaba mahallasida jami 198 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro mavjud. Nogiron bolalar va ayollar salomatligini alohida nazoratga olish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxs parvarishida muammolar yuzaga kelgan taqdirda patronaj hamshiralar tomonidan tezkor xabar berish bo‘yicha kelishib olindi.

Patronaj hamshira Baratova Munira tomonidan O‘zbekiston shoh ko‘chasi 3/2-xonadonda yashovchi fuqaro Fayziyeva S.ning yolg‘iz yashashi, og‘ir darajadagi qandli diabet kasalligi mavjudligi hamda nogironlik nafaqasiga chiqishda ayrim to‘siqlar borligi ma’lum qilindi.

Mazkur va shunga o‘xshash holatlar yuzasidan mahalladagi 7 nafar patronaj hamshira bilan hamkorlikda tizimli ish olib borishga kelishib olindi.