Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida hududdagi tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar va aholi muammolari bilan ishlash holati yuzasidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axborot muhokama qilindi.
📊 Mazkur masala yuzasidan Ishtixon tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi X. Xazratqulov tomonidan batafsil axborot taqdim etildi.
➖ 2025-yil yakunlariga ko‘ra:
- Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalariga tumandan 5 316 ta murojaat kelib tushgan;
- Shundan 3 577 tasi (67,3%) ijobiy hal etilgan, 1 472 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan;
- Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 23,7 foizga kamaygan.
➖ Murojaatlarning asosiy yo‘nalishlari:
- Nafaqa, moddiy yordam va pensiya masalalari;
- Ijro ishi, aliment va qarzdorlik;
- Gaz va elektr ta’minoti, hisob-kitoblar;
- Tibbiy xizmatlar, nogironlik, davolanish;
- Uy-joy ta’minoti, ish bilan bandlik, ijtimoiy masalalar.
➖ 2025-yil davomida:
- Tumanda 335 marotaba ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi;
- 905 nafar fuqaroning murojaati qabul qilinib, ularning yarmi ijobiy hal etildi;
- Xalq qabulxonasi tomonidan monitoring, joyiga chiqib o‘rganish, tahlillar, seminarlar va tushuntirish ishlari tizimli ravishda amalga oshirildi.
📌 Yig‘ilishda:
- Murojaatlar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish,
- Muddat buzilishlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar faoliyatini tanqidiy baholash,
- Murojaatlar soni yuqori bo‘lgan mahallalarda tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etish,
- Mas’ul mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan tegishli qaror loyihalarini ishlab chiqish va navbatdagi sessiyada muhokamaga kiritish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi.